Turkiya Pokistonga insonparvarlik yordami yubordi

Turk havo yo’llari milliy aviakampaniyasiga oid yuk samolyotiga ortilgan insonparvarlik yordami Islomobod Xalqaro aeroportiga qo’ndi.

1500937
Turkiya Pokistonga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiya global xatar – COVID-19ga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Pokistonga 300 mingta tibbiy niqob yubordi.

Turk havo yo’llari milliy aviakampaniyasiga oid yuk samolyotiga ortilgan insonparvarlik yordami Islomobod Xalqaro aeroportiga qo’ndi.

Turk qizil yarim oy jamiyatining Pokistondagi vakolatxonasi rahbari Ibrohim Karlos Kamilo Turkiyadan Pokiston hukumatiga insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan 300 mingta KN-95 niqobini qabul qilib olganligini ma’lum qildi.

Insonparvarlik yordami Pokiston qizil yarim oy jamiyati hamkorligida bir necha kun ichida Pokiston hukumati vakillariga topshiriladi.

Pokiston qizil yarim oy jamiyati mas’ul xodimi Muhammad Amin ko’rsatilgan insonparvarlik yordami uchun Turk qizil yarim oy jamiyatiga minnatdorlik bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #KN-95 niqobi , #Turkiya

Aloqador xabarlar