Turkiyada bir sutkada 63 kishi koronavirusdan vafot etdi

Turkiyada yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus qurbonlari soni 277 kishiga yetdi.

1389433
Turkiyada bir sutkada 63 kishi koronavirusdan vafot etdi

 

Turkiyada yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus qurbonlari soni 277 kishiga yetdi.

Bu haqda Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

"Turkiyada bir sutkada 63 nafar bemor koronavirus tufayli hayotdan ko'z yumdi. Shu bilan mamlakat bo'ylab koronavirus qurbonlari soni 277 kishiga yetdi. Ayni vaqtda 14 396 kishi koronavirusga qarshi test topshirdi. Ulardan 2148 nafarida koronavirus aniqlandi. Infektsiya bilan kasallanganlarning umumiy soni 15 679 kishini tashkil qilmoqda",-deb ma'lum qildi Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri.

Vazirning ta'kidlashicha, sog'ayib ketganlar soni 333 nafarni tashkil qilmoqda.

Infektsiyaga qarshi kurashda o'z-o'zini izolyatsiya qilish va boshqalar bilan muloqotni cheklash shart ekanligini qayd etgan Fahriddin Ko'ja: "Bu xalq salomatligi uchun kurashishdir. Strategiyamiz hayotimizni saqlab qolishimizdan iborat. Bu ushbu murakkab kunlarda har birimizning fuqarolik burchimizdir",-dedi.

"Koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarimiz orasida o'lim nisbati 1.58 foizni tashkil qilmoqda. Bu jihatdan bir qator davlatlardan orqadamiz",-deb qo'shimcha qiladi Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar