Turk qizil yarim oy jamiyati Yamanga insonparvarlik yordami jo’natdi

Taxminan 440 tonnalik gumanitar yordamlar 30 aprelga qadar muhtoj oilalarga tarqatiladi.

1187250
Turk qizil yarim oy jamiyati Yamanga insonparvarlik yordami jo’natdi

 

Turk qizil yârim oy jamiyati Yamanga insonparvarlik yordami jo’natdi.

Bu haqda Turk qizil yârim oy jamiyatining Yamandagi vakolatxonasi xodimi Muhammad al-Hammadiy ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turk qizil yârim oy jamiyati Yamanning Ebyen va Marib shahridagi qochqinlarga taxminan 440 tonna gumanitar yordam yuborgan.

Gumanitar yordamlar chorshanba kuni Marib shahridan boshlab tarqatila boshlaydi. Taxminan 440 tonnalik gumanitar yordamlar 30 aprelga qadar muhtoj oilalarga tarqatiladi.

Ta’kidlash joizki, Turkiya bugungacha bir qator jamiyatlar vositasida Yamanda ichki nizolar oqibatida uy-joyini tashlab qochgan ichki muhojirlarga va kambag’al oilalarga yordam berib kelmoqda.

Uzoq yillardan beri siyosiy notinchlik hukm surib kelayotgan Yamanda Husiylar bilan hukumat kuchlari o’rtasida to’qnashuv ketmoqda.

Husiylar 2014 yilning sentyabr oyidan buyon poytaxt Sana va boshqa ba’zi viloyatlarni ishg’ol qilgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yil mart oyidan e’tiboran Husiylarga qarshi kurashda Yaman hukumatini qo’llab-quvvatlamoqda.

Yaman aholisi to’qnashuvlar va aviazarbalar ostida kun kechirishga harakat qilar ekan, ayni paytda mamlakat bo’ylab ocharchilik, vabo kabi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar