Turkiya Shri Lankada sodir bo'lgan teraktlarni qoraladi

“Shri Lankada katoliklarning Pasxa bayramini nishonlash marosimlari paytida cherkov va mehmonxonalardagi begunoh insonlarga qarshi sodir etilgan teraktlarga la’nat bo’lsin!”,-deb yozdi tvitterda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li.

1187307
Turkiya Shri Lankada sodir bo'lgan teraktlarni qoraladi

 

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Shri Lankada mehmonxonalar va katolik cherkovlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qoraladi.

“Shri Lankada katoliklarning Pasxa bayramini nishonlash marosimlari paytida cherkov va mehmonxonalardagi begunoh insonlarga qarshi sodir etilgan teraktlarga la’nat bo’lsin!”,-deb yozdi u tvitterdagi sahifasida.

Eslatma: Shri Lankada Pasxa marosimlari o’tkazilayotgan Kochchikade, Negombo va Batticaloadagi cherkovlar bilan poytaxt Kolomboda (Shangri La, Cinnamon Grand va Kingsbury) 3 ta mehmonxonada bugun ertalab ro’y bergan portlashlarda kamida 156 kishi halok bo’ldi, 500 dan ortiq kishi yaralandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shri Lanka , #terakt

Aloqador xabarlar