Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari qo’shma harbiy mashg’ulotlarni o’tkazadi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonotiga ko’ra, mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

1187992
Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari qo’shma harbiy mashg’ulotlarni o’tkazadi

 

Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari 1-3 may kunlari Ozarbayjonda hamkorlikda qo’shma harbiy mashg’ulotlarni o’tkazadi.

Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Mashg’ulotlarda ishtirok etadigan turk askarlari Ozarbayjonga tashrif buyurdi. Ular harbiy marosim bilan kutib olindi.

Ushbu mashg’ulotlarga “Mustafo Kamol Otaturk-2019” deb nom berildi.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlar ikki davlat qurolli kuchlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qiladi.

Mashg’ulotlarda ikki davlat qurolli kuchlari askarlari bilan bir qatorda, zirhli vositalar, minomyotlar, artilleriya, samolyot va vertolyotlar bilan zenit raketa majmualari ham o’rin oladi.

 



Aloqador xabarlar