Livio Manzini:"Turkiyada xorijlik investorlar uchun katta imkoniyatlar mavjud"

Italiya savdo palatasi rahbari Livio Manzini Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

1188046
Livio Manzini:"Turkiyada xorijlik investorlar uchun katta imkoniyatlar mavjud"

 

 

Italiya savdo palatasi rahbari Livio Manzini ta’kidlashicha, Turkiyada barcha xorijlik investorlar uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Manzini Anadolu axborot agentligining Turkiya va Italiya o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga doir savollariga javob berdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya sanoatlashish yo’lida shaxdam qadam tashlamoqda. Turk kompaniyalari Italiyaga investitsiya kiritishni davom ettirmoqda. Ayni paytda, Turkiyada xorijlik investorlar uchun ham juda katta imkoniyatlar bor.

“Turkiyada ichki bozor o’ta muhim. 80 mln aholisi bilan iste’mol jihatidan katta salohiyat mavjud. Turkiya ko’p jihatdan mintaqaning eng faol mamlakatidir. Shu sababli eksport, investitsiya kiritish kabi imkoniyatlarni o’zida mujassam qiladi”,-dedi Italiya savdo palatasi rahbari.

Livio Manzini ta’kidlashicha, Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida Bojxona ittifoqi shartnomasini qayta yangilash har ikki tomon uchun ham katta manfaat olib keladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Italiya , #Livio Manzini

Aloqador xabarlar