Turkiya hukumati Yevropa davlatlarini turk fuqarolarining xavfsizligini ta'minlashga chaqirdi

"Tegishli davlatlardan xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz, konsullik idoralarimiz, u yerda xizmat qilayotgan elchixona xodimlari va fuqarolarimizni himoya qilish va ularning xavfsizligini saqlashlarini talab qilamiz",-deyiladi bayonotda.

1288821
Turkiya hukumati Yevropa davlatlarini turk fuqarolarining xavfsizligini ta'minlashga chaqirdi

 

 

Turkiya hukumati Yevropa davlatlarini terror tashkiloti PKK a’zolarining Yevropadagi turklarga nisbatan sodir etayotgan hujumlariga qarshi chora ko’rishga chaqirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotda, Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan 9 oktyabr kuni Suriyada Firot daryosi sharqida “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi boshlangandan buyon terror tashkiloti PKK jangarilarining terrorchilik harakatlari avj olishiga qaramay, Yevropa maqomlari bunga chora ko’rmayotganligi qayd etildi.

“Yevropadagi turklarning ishxonalari, uylari, masjidlar, vakolatxonalar va Turkiya elchixonalari xodimlariga nisbatan avj olib borayotgan terror hujumlariga loqaydlikni tushunish qiyin. Tegishli davlatlardan xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz, konsullik idoralarimiz, u yerda xizmat qilayotgan elchixona xodimlari va fuqarolarimizni himoya qilish, ularning xavfsizligini saqlash, turk manfaatlariga ziyon yetmasligi uchun kerakli chora-tadbirlarni oshirishlarini talab qilamiz. Hujum javobgarlari aniqlanib, kerakli jazoga tortilishini yaqindan kuzatib boramiz”,-deyiladi bayonotda.

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar