Fahriddin Altun:"AQSh nima uchun Suriya shimolida “xavfsiz hudud”ga qarshi chiqmoqda?"

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun Fransiyaning AFP axborot agentligiga intervyu berdi.

1289222
Fahriddin Altun:"AQSh nima uchun Suriya shimolida “xavfsiz hudud”ga qarshi chiqmoqda?"

 

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun Fransiyaning AFP axborot agentligiga intervyu berdi.

Fahriddin Altun Turkiya va AQSh NATOda 67 yildan buyon ittifoqdosh ekanligini, DEASh terror tashkilotiga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiya safida yelkama-yelka jang qilganligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama hukumati Turkiyada minglab tinch aholini qatl etgan terror tashkiloti PKKga qurol yetkazib bergandi va buni go’yo DEAShga qarshi kurash bahonasida qilgan.

“DEASh terror tashkiloti Suriya hududlarida qurgan hukmronlik bartaraf etilgach, PKK jangarilari qurolini Turkiyadagi begunoh insonlarga o’qtaldi. Biz bu tahdidni oldini olish maqsadida AQShni PKKga yetkazib bergan qurollarni qayta to’plashga va qo’shimcha harbiy yordamni to’xtatishga chaqirdik. Vanihoyat davlatimizga ziyon yetkazilmasligi uchun kerakli qadamni tashladik”,-deb aytgan Fahriddin Altun.

“Xalqimiz “NATO safidagi ittifoqdoshimiz bo’lgan AQSh nima uchun terrorizmga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarimizni qo’llab quvvatlamayotir” demoqda. Qolaversa, AQShning nima uchun migratsiya muammosiga yechim topmaganligi bilan qiziqishmoqda. Vashington nima uchun Suriya shimolida qochqinlar uchun tashkil etiladigan “xavfsiz hudud”ga qarshi chiqayotganligini tushuna olmayotir”,-deya ilova qilgan Fahriddin Altun.

“Oxirgi kunlarda amerikalik vakillar rasmiy mavqeidan foydalanib, Suriya shimolidagi vaziyat haqida yolg’on xabarlar tarqatmoqda. Qolaversa, PKKning Suriyadagi bo’limi YPG tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni ustini yopishga harakat qilganligini guvohi bo’ldik. Minglab DEASh terroristini qamoqxonalardan ozod qilgan PKK terror tashkiloti, Turkiya-Suriya chegarasida tinch aholini va jurnalistlarni qasddan nishonga olmoqda. Ular Asad rejimi bilan kelishuvga imzo chekdilar”,-deb aytgan Fahriddin Altun.

Turkiya hukumati Suriya shimolida yaxshi niyatlar bilan qadam tashlaganligini bildirgan Fahriddin Altun: “Xalqaro hamjamiyat DEASh va boshqa terror tashkilotlariga qarshi kurashimizni, sa’y-harakatlarimizni qo’llab-quvvatlasa ham, qo’llab-quvvatlamasa ham davom ettiraveramiz. Tomonlarni yolg’on xabar tarqatish o’rniga, Turkiyaning global terror tahdidini bartaraf etishini guvohi bo’lishga chaqiramiz”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar