Turkiya prezidenti Erdo’g’an Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi

Uchrashuvdan so'ng, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

1302526
Turkiya prezidenti Erdo’g’an Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Vengriyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Erdo’g’an tashrif chog’ida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

Ikki yetakchi uchrashuvdan so’ng matbuot anjumani o’tkazdi.

Erdo’g’an Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishi yo’lida ko’rsatgan yordamlari uchun Vengriya hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Prezidentning ta’kidlashicha, Vengriyaning qo’llab-quvvatlovi Turkiya uchun juda qadrli.

“Haqiqatdan ham janob bosh vazirning bizga ko’rsatgan yordamlari uchun hamisha minnatdorman. Buni shaxsan ifoda etmoqchiman. Yevropa Ittifoqining oxirgi paytda mamlakatimizga nisbatan munosabati shubhasiz mantiqdan yiroqdir. Bir qator davlatning o’zaro masalasi Turkiya-Yevroittifoq munosabatlariga putur yetkazmasligi kerak. Ittifoq bu munosabati bilan ayniqsa o’z manfaatlariga ham zarar bermoqda. Turkiyaning to’liq a’zo bo’lishi ittifoqqa qanchalik manfaat olib kelishini idrok etish zarur”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Ba’zi strategik hamkorlar terror tashkiloti yetakchilari bilan uchrashishi va aloqasi mavjudligidan qayg’uda ekanligini tilga olgan Erdo’g’an: “Terror va terroristning yaxshisi bo’lmaydi, yoki “meniki-seniki” degan tushuncha ham yo’q. Agar bunga qarshi kurashadigan bo’lsak, kurashimiz qat’iy bo’lishi kerak”,-dedi.
Prezident Erdo’g’an Vishegrad to’rtligi bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish istagini tilga olib, Vengiya bosh vaziri Viktor Orbanga Turkiya Qurolli kuchlarining “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasiga ko’rsatgan qo’llab-quvvatlovi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar