Turkiya harbiylari Tel-Abyadda terroristlarga oid qurol omborini topdi

Omborda terroristlardan qolgan 285 ta zambarak yadrosi, o’q-dori va boshqa ko’plab qurol-aslahalar borligi aniqlandi.

1302859
Turkiya harbiylari Tel-Abyadda terroristlarga oid qurol omborini topdi

 

Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi olib borilayotgan Suriyaning Tel-Abyad tumanida terroristlarga oid qurol ombori topildi.

Omborda terroristlardan qolgan 285 ta zambarak yadrosi, o’q-dori va boshqa ko’plab qurol-aslahalar borligi aniqlandi.

Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Tel-Abyadda Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan patrul xizmati, shuningdek portlovchilarni qidirish va ularni yo’q qilish faoliyatlari davom etmoqda.

Terroristlardan qolgan mina, qo’lbola bomba va boshqa turli portlovchilarning joyi aniqlanib, yo’q qilinmoqda.

Oxirgi kunlarda Tel-Abyadda 32 ta katyusha yadrosi, 18 ta 82 mmlik, 221 ta 106 mmlik va 14 ta 120 mmlik zambarak yadrosi topildi va yo’q qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Tinchlik bulog'i , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar