Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Tel-Abyadda terroristlarga oid mina ombori topildi

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi.

1304010
Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Tel-Abyadda terroristlarga oid mina ombori topildi

 

Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Tel-Abyad tumanida "Tinchlik bulog'i" harbiy operatsiyasi olib borilayotgan hududda terroristlarga oid mina ombori topildi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi.

"Turkiya Qurolli kuchlari tarkibidagi maxsus desant qo'shini Tel-Abyad tumani Sharakrak qishlog'ida portlovchilarni aniqlash, qidirish va yo'q qilish faoliyatlarini amalga oshirmoqda. Ushbu faoliyatlar doirasida YPG va PKK terror tashkilotiga oid ta'lim lageri va qurol-aslaha ombori aniqlandi. Omborda mavjud bo'lgan minalar, qurol-aslahalar va o'q-dori zahirasi yo'q qilindi",-deyiladi ma'lumotda.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar