DEAShga a'zo terroristlar Turkiyadan ekstraditsiya qilina boshlandi
Ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, DEAShga a'zo amerikalik terrorist Turkiyadan deport qilindi.
Terror tashkiloti DEAShga a'zo terroristlarni Turkiyadan ekstraditsiya qilish ishlari boshlandi.
Bu haqda ichki ishlar vazirligi kotibi Ismoil Chatakli ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, DEAShga a'zo amerikalik terrorist Turkiyadan deport qilindi.
"Deportatsiya qilish markazlaridagi nemis millatiga mansub yana 7 nafar terrorist 14 noyabrda deport qilinadi. Daniyalik yana bir terrorist esa, bugun o'z davlatiga yuboriladi",-deya ma'lum qiladi ichki ishlar vazirligi kotibi.
Ichki ishlar vaziri Sulaymon So'ylu o'tgan hafta DEAShga a'zo terroristlarni davlatiga ekstraditsiya qilish bilan bog'liq bayonot bergandi.
"Dushanba kunidan e'tiboran, DEAShga a'zo terroristlarni o'z fuqaroligi mavjud bo'lgan davlatlariga ekstraditsiya qilishni boshlaymiz. DEAShga a'zo terroristlar o'z davlati tomonidan fuqarolikdan chiqarilgan bo'lishidan qat'iy nazar o'sha davlatga yuboriladi. Biz hech kimning DEASh terroristiga otel emasmiz",-deya ta'kidlagandi Ichki ishlar vaziri Sulaymon So'ylu.
Aloqador xabarlar
Prezident Rajap Tayyip Erdog’an 7 davlatning elchilarini qabul qildi
Prezident Erdog’an, elchilar bilan esdalik surati tushdi.Erdog’an keyinroq elchilarni qabul qildi.