Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an ertaga AQShga jo'nab ketadi

Erdo'g'an AQSh poytaxti Vashingtonga tashrif buyurib, mamlakat prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.

1304433
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an ertaga AQShga jo'nab ketadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an ertaga 12 noyabr seshanba kuni amaliy tashrif bilan Amerika Qo'shma Shtatlariga jo'nab ketadi.

Erdo'g'an AQSh poytaxti Vashingtonga tashrif buyurib, mamlakat prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Shuningdek, ikki yetakchi hay'atlararo muzokaralarga raislik qiladi.

Muzokaralarda Turkiya va AQSh munosabatlari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, Suriya bilan bir qatorda dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar ko'zdan kechiriladi.

Erdo'g'an tashrif chog'ida AQSh savdo palatasi mezbonligida o'tkaziladigan biznes forumda ma'ruza qiladi.

Qolaversa, Prezidentning Mariland shtatida musulmon jamiyati vakillari va turklar bilan uchrashuv o'tkazishi rejalangan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar