Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Italiyaga safar qildi

Mavlud Chavushog’li tashrif chog’ida Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo bilan uchrashdi.

1318873
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Italiyaga safar qildi

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Italiya poytaxti Rimga safar qildi.

Mavlud Chavushog’li tashrif chog’ida Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo bilan uchrashdi.

Poytaxt Rimda tashqi ishlar vazirligi qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuv 45 daqiqa davom etdi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi Turkiya-Italiya munosabatlari, Liviya, Suriya, Sharqiy O’rta yer dengizi bilan bog’liq mintaqaviy o’zgarishlar va Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarini muhokama qildi.

Bu haqda Italiya tashqi ishlar vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

“Strategik qiyinchiliklarga qarshi kurash uchun asosiy sherik bo’lgan Rim va Ankara o’rtasidagi samimiy muloqotning ahamiyatiga urg’u berildi. Suriya va Liviyadagi vaziyat va boshqa mintaqaviy masalalar muhokama qilindi”,-deyiladi Italiya tashqi ishlar vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Mavlud Chavushog’li bugun Italiyadagi 5-MED-O’rta yer dengizi muloqot forumida ma’ruza qiladi.

U o’z ma’ruzasida, O’rta yer dengizi havzasi bilan bog’liq mavzularda Turkiyaning tutgan o’rni va strategiyasi haqida ma’lumot beradi.

Shuningdek, forum doirasida bir qator o’zaro uchrashuvlarni amalga oshiradi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavushog’li , #TIV , #Turkiya , #Italiya

Aloqador xabarlar