Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Beshtepa xalq kongressidagi tadbirda ma'ruza qildi

“Bugungi kunda go’yo minglab yilning o’chini olish hissiyoti bilan sodir etilgan hujum urinishiga duch kelgan vaziyatdamiz”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an tadbirda so’zlagan nutqida.

1322666
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Beshtepa xalq kongressidagi tadbirda ma'ruza qildi

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Beshtepa xalq kongressi va madaniyat markazida o’tkazilgan prezidentlik madaniyat va san’at mukofotlarini topshirish marosimida so’zga chiqdi.

“Bugungi kunda go’yo minglab yilning o’chini olish hissiyoti bilan sodir etilgan hujum urinishiga duch kelgan vaziyatdamiz”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an tadbirda so’zlagan nutqida.

Prezidentning ta’kidlashicha, Bog’dod, Damashq, Halab kabi shaharlardagi qadimiy dargohlar yer bilan yakson qilinar ekan, Parij, London, Rim va Berlin rasmiylari bunga ko’z yummoqda.

Birinchi va ikkinchi Ko’rfaz urushida Iroqning tarixiy va madaniy meroslari talon-taroj qilinganligini eslatgan Erdo’g’an, bu kabi holatlar Afg’oniston va Suriyada ro’y berganligini ma’lum qildi.

Prezidentning so’zlariga ko’ra, bu vahshiylik nafaqat insonlarning, balki minglab yillik tarix va madaniyatning ham yo’q bo’lishiga sabab bo’lmoqda.

Ushbu mintaqada yashagan barcha madaniyatlarning mushtarak xususiyatlari g’arbga qarshi ustunlik qozonishga harakat qilishidir.

“Bugungi kunda go’yo minglab yilning o’chini olish hissiyoti bilan sodir etilgan hujum tashabbusiga duch kelgan vaziyatdamiz. Musulmon bo’shnaklarni qatl etganlarni oqlagan, qalamidan qon va nafrat tomchilagan shaxsga adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti berildi. Afsuski, bunga bir necha kishidan tashqari hech kim qarshilik ko’rsatmadi. Ajabo, agar buning o’rnida 100 ming inglizni, nemisni, fransuzni, italyanni, norvegiyalikni qatl etganlarni maqtagan shaxslarga Nobel berilsa yana bunga ko’z yumilarmi edi? Bu haqiqat bizga madaniyat va san’at sohasida dunyoda huquqimizni himoya qilishimiz mumkin emasligini ko’rsatadi”,-deb aytgan Tukiya prezidenti tadbirda so’zlagan nutqida.


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar