Mavlud Chavushog’li AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi

Ikki yetakchining uchrashuvi bugun Berlinda Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha o’tkaziladigan xalqaro anjuman doirasida bo’lib o’tdi.

1343420
Mavlud Chavushog’li AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi.

Ikki yetakchining uchrashuvi bugun Berlinda Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha o’tkaziladigan xalqaro anjuman doirasida bo’lib o’tdi.

Mavlud Chavushog’li bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan Turkiya-AQSh munosabatlarini ko’zdan kechirdik. Shuningdek, Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjuman haqida fikr almashdik. Liviyada tomonlar o’rtasida sulh tuzish va siyosiy o’tish jarayonini yo’lga qo’yish maqsadida barcha tomonlar bilan yaqin aloqadamiz”,-deb yozdi Mavlud Chavushog’li tvitterdagi sahifasida.



Aloqador xabarlar