Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Berlinga yetib bordi

Erdo’g’an bugun Berlinda bo’lib o’tadigan Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi.

1343431
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Berlinga yetib bordi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Erdo’g’an bugun Berlinda bo’lib o’tadigan Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi.

Shuningdek, anjuman oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Jazoyir prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan uchrashadi.

Yetakchilar Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjumanda Liviyada tinchlik o’rnatish maqsadida olib boriladigan tashabbuslar bo’yicha fikr almashadilar.

Anjuman yakunida qo’shma dekloratsiya imzolanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar