Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Berlinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

“Liviyada tinchlik-xotirjamlik o‘rnatilishi uchun Berlin konferensiyasida sulh tuzilishini ta'minlash hamda masalani siyosiy yo‘l bilan hal qilish kerak. Siyosiy o’tish davrini boshlash zarur",-deb ta'kidladi Turkiya prezidenti.

1343473
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Berlinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya poytaxti Berlinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Erdo’g’an Berlinda Liviya bo‘yicha o‘tkaziladigan anjuman arafasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Liviyada tinchlik o‘rnatish uchun sulh tuzilishi va Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftarning tajovuzkorona siyosatini to‘xtatish kerakligini aytdi.

“Liviyada tinchlik-xotirjamlik o‘rnatilishi uchun Berlin konferensiyasida sulh tuzilishini ta'minlash hamda masalani siyosiy yo‘l bilan hal qilish kerak. Siyosiy o’tish davrini boshlash zarur", - deb ta'kidladi Turkiya prezidenti.

"Biz janob Sarrojni (Liviya Milliy kelishuv hukumati rahbari) Moskvaga kelishga ko‘ndirish uchun ancha sa'y-harakatlarni amalga oshirdik. U o‘z vazifasini bajardi. Biz Berlinda barcha tashabbuslarimizning natijasini olamiz degan umiddaman. Siyosiy yechim jarayoni boshlanishi uchun isyonchi Haftar tajovuzkor harakatini to’xtatishi kerak", - dedi Erdo‘g‘an.

“O’zaro munosabatlarda ikki tomon uchun mushtarak yo’l topishga harakat qildik. Bir qancha muhim masalada hamkorlikda ish olib boryabmiz. Kelajakka tomon jiddiy qadam tashladik. Istanbulda ixtilof tomonlarni o’zaro murosaga chaqirdik. Liviyalik tomonlarning Moskvaga kelishi menimcha katta yutuq hisoblanadi. Shu sababli tashqi ishlar vazirlariga minnatdorlik bildirishni farz deb bilaman. Natijada Milliy kelishuv hukumati talablarining barchasi bajarilmagan bo‘lishiga qaramay, kelishuvga imzo chekdi. Lekin, Haftar kelishuvni imzolamadi. Bunga qaramay, bu bir yutuqdir”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 



Aloqador xabarlar