Abdulhamid Gul:"Saudiya Arabistoni Qoshiqchining jasadini topishga to’sqinlik qilmoqda"

Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul:“Qoshiqchi jinoyati bosti-bosti qilib bo’lmaydigan vahshiy jinoyatdir. Turkiya boshidan beri tergovni o’ta talabchanlik bilan yuritmoqda”,-dedi.

1103921
Abdulhamid Gul:"Saudiya Arabistoni Qoshiqchining jasadini topishga to’sqinlik qilmoqda"

Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyatini yoritish xususida Saudiya Arabistoni hukumatidan yordam ko’rmaganligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Jamol Qoshiqchi jinoyatiga aloqadorlikda ayblanganlar bilan bog’liq talab Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan rad etilgan.

Ma’lumki, Turkiya huquqiy doirada Qoshiqchi jinoyatiga aloqadorlikda gumon qilinganlarni ekstraditsiya qilish talabini Saudiya Arabistoni hukumatiga bildirgan.

“Bu mavzuda Saudiya Arabistoni hukumati yordam berishi kerak. Biroq, ulardan bunday munosabatni ko’rmadik. Shu sababli, xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda natija olishga harakat qilyabmiz”,-deydi Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul.

Uning fikricha, bu jinoyatni yoritish uchun nafaqat Saudiya Arabistoni, balki xalqaro hamjamiyat ham Turkiya bilan yaqin hamkorlik qilishi kerak.

Saudiya Arabistoni Qoshiqchining jasadini topishga to’sqinlik qilganligini bildirgan Abdulhamid Gul:“Qoshiqchi jinoyati bosti-bosti qilib bo’lmaydigan vahshiy jinoyatdir. Turkiya boshidan beri tergovni o’ta talabchanlik bilan yuritmoqda”,-dedi.

Eslatma: Saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktyabrda hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligiga kelgandan so’ng yo’qolib qolgan edi. Keyinchalik uning konsullikda vahshiylarcha o’ldirilganligi aniqlangan edi.



Aloqador xabarlar