Hulusi Akar:"Suriyadagi xavfsiz zonada terroristlarga o'rin bermaslik kerak"

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Munihdagi xavfsizlik konferensiyasiga ishtirokidan so’ng, “TRT-World” telekanaliga intervyu berdi.

1146747

Hulusi Akar Suriyada Firot sharqida tashkil etiladigan “xavfsiz zona”da terror tashkilotlari YPG va PKK faoliyatlariga yo’l qo’ymaslik kerakligini ma’lum qildi.

“Asl maqsad chegaralarimiz va xalqimiz xavfsizligini ta’minlashdir”,-dedi Hulusi Akar.

Uning ta’kidlashicha, hech bir mamlakat o’z chegara hududlarida terroristlarni ko’rishni xohlamaydi. Turkiyaning birgina maqsadi mintaqani YPG, PKK va DEASh jangarilaridan tozalashdir.

“Firot qalqoni harbiy amaliyotida kamida 3 mingdan ortiq DEASh jangarisi yo’q qilindi. Ushbu harbiy amaliyotlar muvaffaqiyatli yakunlangach, kamida 300 ming suriyalik vataniga qaytdi. Suriya shimoli terroristlardan tozalanganda insonlar o’z uylariga qayta oladilar”,-dedi Turkiya milliy mudofaa vaziri.

Terror tashkiloti YPG va PKK jangarilarining tinch aholiga zulm qilganligiga e’tibor qaratgan Hulusi Akar: “Arab va kurd qardoshlarimizga yordamni ayamaymiz”,-dedi.

Aloqador xabarlar