TIKA Afg’oniston shimolida yashovchi 1000 oilaga oziq-ovqat mahsuloti tarqatdi

Qahraton qishda maktab binolari va chodirlarda kun kechirib kelayotgan oilalarga un, guruch, kungaboqar yog’i, choy, shakar, tomat, barbunya, tuz kabi mahsulotlar tarqatildi.

1147215
TIKA Afg’oniston shimolida yashovchi 1000 oilaga oziq-ovqat mahsuloti tarqatdi

 

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAning Mozor-i Sharifdagi vakolatxonasi Afg’oniston shimolida joylashgan Juzjan viloyatida 1000 oilaga oziq-ovqat mahsuloti tarqatdi.

TIKAning Mozor-i Sharifdagi vakolatxonasi bu haqda ma’lum qildi.

“TIKA tashkiloti tomonidan shoshilinch insonparvarlik yordamlari doirasida Faryob viloyatining Qo’rg’on, Shirintagop, Davlatobod, Kaysar tumanlari hamda Sari-Pul viloyatiga qarashli Kohistanat va Gusfandi tumanlaridan to’qnashuvlar tufayli uylarini tark etib, Juzjan viloyatiga sig’ingan 1000 oila oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi”,-deyiladi ma’lumotda.

Qahraton qishda maktab binolari va chodirlarda kun kechirib kelayotgan oilalarga un, guruch, kungaboqar yog’i, choy, shakar, tomat, barbunya, tuz kabi mahsulotlar tarqatildi.

Afg’onistonlik oilalar ko’rsatayotgan insonparvarlik yordamlari uchun Turkiya va turk xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdilar.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #TIKA , #insonparvarlik yordami

Aloqador xabarlar