Biz maqsadlarimizga mos keladigan paytda muzokaralar olib boramiz va hamkorlik qilamiz

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Amerika Qo'shma Shtatlari bilan xavfsiz zona faoliyati to'g'risida,"Biz maqsadlarimizga mos keladigan paytda muzokaralar olib boramiz va hamkorlik qilamiz. Agar kechiktirilsa, bu harakatlar tugaydi." Dedi

1273010
Biz maqsadlarimizga mos keladigan paytda muzokaralar olib boramiz va hamkorlik qilamiz

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Amerika Qo'shma Shtatlari bilan xavfsiz zona faoliyati to'g'risida,"Biz maqsadlarimizga mos keladigan paytda muzokaralar olib boramiz va hamkorlik qilamiz. Agar kechiktirilsa, bu harakatlar tugaydi." Dedi

Akar, kecha, bosh shtab rahbari general Yashar Guler va kuch-quvvat qo'mondonlari,  Mudofaa vazirligida bo'lib o'tgan  faxriylar kuni marosimda qilgan ma'ruzasida, Turkiya Furotning sharqiyda   30-40 kilometr  chuqurlikda og'ir qurollar va terroristlardan tozalangan tinchlik  koridori  tashkil etishni  maqsad qilib olganlarini qayd etib,

"Janob  Prezidentining ma'lumotlari va ko'rsatmalariga binoan biz boshidanoq maqsadlarimizni va tamoyillarimizni  qarshi tomonga  aniq aytib berdik. Biz AQSh bayonotlarini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. biz maqsadlarimiz va vazifalarimizga mos kelguncha ishlashda davom etamiz. Agar kechikish yoki chalg’itish kuzatilsa  bu  hamkorlik  tugaydi. Oldin ham Munbichda, Rakkada qilmishlarini ko’rdik

Biz tayyorgarlik ko'rdik. Zarur bo'lganda, B rejasi va S rejasi tayyor. " dedi.

Akar Turkiya, Suriyaning siyosiy va hududiy yaxlitligiga hurmati bor deya ta’kidladi.

Mana biz bu yerda terroristik koridor  tashkil etishiga  hech qachon yo'l qo'ymaymiz. Bizning asosiy maqsadimiz Suriyaning shimolida PKK / PYD / YPG terror tashkilotining mavjudligini  bartaraf etish  va Suriyalik mehmonlarimizni  o'z  vatanlariga  qaytishini ta'minlash" - dedi u.

Akar o'z nutqida Iroqning shimolida boshlangan Panja nomidagi operatsiyasi davom etayotganini aytdi.

"Endi biz Panja -3 operatsiyasini kengaytirmoqdamiz. Bizning  desantlarimiz mintaqaga joylashgan. Operatsiyalarimiz davom etadi” deb  bildirdi.

Boshqa tomondan, Akar, Turkiyaning Sharqiy O'rta resurslarni adolatli  bahamlashish  jihatida asosli bir siyosat yuritmoqda,

"1974 yilda kiprlik  birodarlarimizning huquqlarini himoya qilganimiz kabi bugun ham shunday qarordamiz. Kafolatli mamlakat sifatida biz xalqaro huquq asosida o’zimizning va  kiprlik aka-uka va opa-singillarimizning huquqlarini himoya qilishni davom ettiramiz" dedi u.

 



Aloqador xabarlar