Chavusho’g’li:"Ayasofiya maqomini o'zgartirish huquqiy jihatdan o’rinli..."

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li TRT-Xabar telekanalidagi jonli ko’rsatuvda ushbu mavzu bo’yicha savollarga javob berdi.

1454233
Chavusho’g’li:"Ayasofiya maqomini o'zgartirish huquqiy jihatdan o’rinli..."

 

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Ayasofiyaning maqomini o’zgartirish yo'lida olingan qaror tufayli Turkiyaning mustaqillik huquqiga rahna soladigan darajadagi tanqidlarga munosabat bildirdi.

Mavlud Chavusho’g’li TRT-Xabar telekanalidagi jonli ko’rsatuvda ushbu mavzu bo’yicha savollarga javob berdi.

Vazirning fikricha, Ayasofiyaning muzeydan jome’-masjidiga aylantirilishi huquqiy jihatdan o’rinli qaror bo’ldi.

Mavlud Chavusho’g’li Ayasofiya 1453 yilda Istanbul zabt etilgach, turk xalqiga oid bo’lganini va jome’-masjidi sifatida ibodatga ochilganini ma’lum qildi.

“Ayasofiya 1462 yilda jome’-masjidi sifatida belgilangan va jome’-masjidi bo’lib xizmat qilishi kerak. Bu xususda turlicha fikrlar bo’lishi mumkin. Barchaning fikriga qo’shilmasak ham xurmat ko’rsatamiz. Biroq, Turkiyaning mustaqillik huquqiga rahna soluvchi ifodalarni qat’iyan qabul qilmaymiz”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li.

Qolaversa, Mavlud Chavusho’g’li Armaniston-Ozarbayjon chegara hududida ro’y bergan hodisalarga ham munosabat bildirdi.

“Albatta, Ozarbayjon qo’shini vazifasini bajardi va hujumlarni bostirdi. Shuni guvohi bo’lib turibmizki, Armaniston ayniqsa, ishg’ol qilgan hududlardan e’tiborni boshqa joyga jalb qilishga urinmoqda. Buni sezib turibmiz”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

Shu kungacha Armaniston biron murosaga yondashmaganligini ta’kidlagan Mavlud Chavusho’g’li: “Armanistonning qilmishiga ko’z yumib bo’lmaydi. Aqlini to’plasin! Ozarbayjon yolg’iz emas. Biz Turkiya Respublikasi va turk xalqi sifatida davlatimizning barcha imkoniyatlarini Ozarbayjon uchun safarbar qilishga tayyormiz”,-dedi.

“Turkiya Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun har qanday yordamni ko’rsatishga tayyor. Ozarbayjon ishg’ol qilingan hududlari va Qorabog’ masalasi bo’yicha qanday qarorga kelsa, biz uni so’zsiz qo’llab-quvvatlaymiz”,-deb ilova qiladi Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chovusho'g'li , #Ayasofiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar