Chavushoʻgʻlu kasbdoshi Xeyko Maas va Liviya Bosh vaziri Dibayba bilan uchrashdi

Mevlut Chavushoʻgʻlu Germaniyada kasbdoshi Xeyko Maas va Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba bilan uchrashdi.

1663365
Chavushoʻgʻlu kasbdoshi Xeyko Maas va Liviya Bosh vaziri Dibayba bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Liviya masalasi ustidan uyushtirilgan navbatdagi Berlin konferensiyasida ishtirok etish uchun hozirda Germaniyada boʻlar ekan u yerda kasbdoshi Xeyko Maas bilan uchrashdi.  

Chavushoʻgʻlu ushbu uchrahsuv haqida Twitter sahifasi orqali bergan bayonotida:  

“Biz Germaniya Tashqi Ishlar vaziri Xeyko Maas bilan Liviya, migratsiya va bojxona birligi asosidagi Yevropa ittifoqi (EI) bilan munosabatlarimiz va turizm masalalarini muhokama qildik”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Chavushoʻgʻlu shuningdek, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba bilan uchrashdi.

Liviya Bosh vazirligi Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Dibayba bilan Chavushoʻgʻlu, Berlin konferentsiyasida kun tartibiga olib chiqiladigan siyosiy pozitsiyalarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilganlar.

Liviyadagi siyosiy jarayon va 24-dekabrdagi saylovlar muhokama qilinadigan ikkinchi Berlin konferentsiyasi BMT (BMT) va Germaniya homiyligida Turkiya ham doxil xalqaro aktyorlar ishtirokida bugun boʻlib oʻtadi.

Liviya muammosini siyosiy yoʻllardan hal qilish maqsadida birinchi marotaba oʻtgan yilning (2020) 19 - yanvarida uyushtirilgan konferensiyaning ikkinchisida Liviya nomidan Bosh vazir Abdulhamid Dibayba, BMT Bosh kotibining siyosiy ishlardan mas’ul vakil oʻrinbosari Rozmari Di Karlo va Liviya bilan bogʻliq davlatlarning tashqi ishlar vazirlarining ishtirok etishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar