Chavusho‘g‘lu: “Maydonda va muzokarada Ozarbayjonning yonidamiz.”

To‘qnashuv kecha tong saharlab Armaniston – Ozarbayjon tutashuv chizig‘ida, arman kuchlari tomonidan Ozarbayjon tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi o‘q uzilishi natijasida boshladi.

1498343
Chavusho‘g‘lu: “Maydonda va muzokarada Ozarbayjonning yonidamiz.”

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Maydonda ham, muzokarada ham jon Ozarbayjonning yonidamiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan, shaxsining ham Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashganini, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhi hamraislari bilan ham aloqada bo‘lganini qayd etdi. Chavusho‘g‘lu,

“Murosasizlik foyda beradi deb o‘ylagan Armaniston yana haddini oshdi. Bu gal maydonda javob olmoqda. Shunday ekan maydonda ham, muzokrada ham jon Ozarbayjonning yonidamiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eslatib o‘tamiz to‘qnashuvlar kecha tong saharlab Armaniston – Ozarbayjon tutashuv chizig‘ida, arman kuchlari tomonidan Ozarbayjon tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi o‘q uzilishi natijasida boshladi.



Aloqador xabarlar