Chavusho’g’lu: "Tinchlik bulog'i amaliyoti 5 kunligiga to'xtatildi".

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Firot daryosining shariqda boshlatilgan Tinchlik bulog’i amaliyoti vaqtinchalik to'xtatildi. Bu haqida Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lu ma'lumot berdi.

1290037
Chavusho’g’lu: "Tinchlik bulog'i amaliyoti 5 kunligiga to'xtatildi".

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Suriyada Firot daryosining sharqida olib borilgan Tinchlik bulog’i amaliyotining vaqtinchalik (120 soat/ 5 kun) to’xtatilganligini ma’lum qildi.

Chavusho’g’lu buning "o't ochishni to'xtatish rejimi emas" faqatgina “tanaffus”dangina iboratligini ta’kidlagan holda, 

"Tanaffus degani askarlarimiz hududni tark etadi degani emasdir. Biz hududdan chiqmaymiz, hududda bo'lishlikni davom ettiramiz" degan ifodalarga o'rin berdi.

Chavusho'g'lu shuningdek, besh kun davomida (PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti) PYDning (Turkiya-Suriya-Iroq chegarasini) hududni tark etishini ham o'z so'ziga ilova etdi.

Chavusho’g’lu Amerika Qo’shma Shtatlari vitse-prezidenti Mike Pence yetakchiligidagi hay’at bilan o’tkazilgan yig’ilish ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

AQSh hay’ati bilan PYDga a’zo terroristlarning hududni tark etishi, og’ir qurollarning yig’ishtirilishi, mavzelar va okoplarning yo’q qilinishi uchun kelishib olinganligini eslatib o’tgan Chavusho’g’lu,

AQSh bilan Firot daryosining sharqida DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash masalasida ham bir vatqning o’zida, hamkorlik ichida faoliyat olib borilishini qayd etdi.

Kobani masalasida Turkiyaning hech qanday va’da bermaganligini ham ta’kidlagan Chavusho’g’lu,

“Maqsadimiz 32 kilometr teranglikda va Firot daryosining sharqidan Iroq chegarasigacha bironta ham terroristning qolmasligi va mintaqalarning hammasining xavfsiz hudud sifatida tashkil etilishidir” deya gapirdi.

Turkiya mamlakatning janubiy chegarasida tashkil etilishi rejalashtirilgan terror yo’lagini yo’q qilib, mintaqada tinchlik o’rnatish maqsadida Suriyaning Firot daryosining shariqda 9-oktabr kuni Tinchlik bulog’i amaliyotini boshlatgan edi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an mazkur amaliyotning sabablarini avvalom bor poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan AQSh vitse-prezidenti Mike Pence bilan ortidan esa huddi shu mavzu ustidan o’tkazilgan hay’atlararo yig’ilishida qo'lga olgandi.

Yig’ilish ortidan Pence, Turkiyaning Tinchlik bulog’i amaliyotini 120 soatligiga to’xtatishini, bu vaqt mobaynida AQShning (PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti) YPGning xavfsiz hududdan (Turkiya chegarasidan 20 kilometrcha) uzoqlashishini ta’minlashini ma’lum qilgandi.

Pence, Turkiya va AQShning DEASh terror tashkilotining Suriyaning shimoliy-sharqida butunlay yo’q qilinishi masalasida hamfikrligini qayd etgandi.

Uchrashuvlar ortidan ko'p o'tmay ijtimoiy tarmoq orqali birinchilardan bo’lib bayonot bergan AQSh Davlat rahbari Donald Trump esa Turkiyaga minnatdorchilik bildirgan holda,

“Rahmat Erdo’g’an” degan post qoldirgandi.



Aloqador xabarlar