Chelik: “Qorabog‘, Ozarbayjon tuprog‘idir. Armaniston u yerda ishg‘olchidir.”

Chelik, Adolat va taraqqiyot partiyasining bosh qarorgohida uyushtirilgan Markaziy ijroiya kengashi yig‘ilishi davom etar ekan, matbuot anjumani uyushtirdi.

1499778
Chelik: “Qorabog‘, Ozarbayjon tuprog‘idir. Armaniston u yerda ishg‘olchidir.”

Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik,

“(Tog‘li) Qorabog‘ mintaqasi Ozarbayjon tuprog‘idir. Armaniston u yerda ishg‘olchidir.” dedi.

Chelik, partiyaning bosh qarorgohida uyushtirilgan Markaziy ijroiya kengashi yig‘ilishi davom etar ekan, matbuot anjumani uyushtirdi.

O‘mer Chelik unda,

“Armanistonning (Ozarbayjondagi) tinch aholi turar – joy punktiga qarshi hujum uyushtirishi, ochiq – oydin xalqaro huquq qoidalariga amal qilmaslikdir. Xalqaro hamjamiyat Armanistonni qoralashi kerak.” dedi.

Ozarbayjonning, o‘z tuprog‘ini himoya qilish haqqi borligini ta’kidlagan O‘mer Chelik,

“(Tog‘li) Qorabog‘ mintaqasi Ozarbayjon tuprog‘idir. Armaniston u yerda ishg‘olchidir.” deya gapirdi.

Turkiya va Ozarbayjonning taqdiri, kelajagi bir va bir xil qadriyatga ega ikki davlat ekanini qayd etgan O‘mer Chelik:

“Turkiya, ozarbayjonlik qardoshlarimiz qanday sharoitda xohlasa har doim yonida bo‘lishni davom etadi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar