Erdo‘g‘an: Armaniston Ozarbayjon tuproqlarini tark etishi bilan mintaqa takror tinchlikka qovushadi

Erdo‘g‘an Istanbuldagi Do‘lmabaxche ofisida, “Xalqaro dengiz huquqi va Sharqiy O‘rta yer dengizi simpoziumi”da nutq so‘zladi.

1498788
Erdo‘g‘an: Armaniston Ozarbayjon tuproqlarini tark etishi bilan mintaqa takror tinchlikka qovushadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Armaniston ishg‘ol etgan Ozarbayjon tuproqlarini darhol tark etishi bilan mintaqaning takror tinchlik va osoyishtalikka qovushajagini qayd etdi.

Erdo‘g‘an Istanbuldagi Do‘lmabaxche ofisida, “Xalqaro dengiz huquqi va Sharqiy O‘rta yer dengizi simpoziumi”da nutq so‘zladi.

Prezident, kecha Ozarbayjon tuproqlariga qarshi hujum uyushtirgan Armanistonni yana bir bor qoralaganini ifoda etgan holda,

“Turkiya barcha imkonlari va qalbi bilan Ozarbayjonning yonida bo‘lishni davom etadi. Armaniston, ishg‘ol qilib olgan Ozarbayjon tuproqlarini darhol tark etishi bilan mintaqa takror tinchlik va osoyishtalikka qovushadi.” dedi.

Erdo‘g‘an,

“Mintaqada Tog‘li Qorabog‘ning ishg‘ol qilinishi bilan boshlagan inqirozning to‘xtash vaqti keldi. Armaniston bosib olgan Ozarbayjon tuproqlarini tark etishi bilan mintaqa takror tinchlik va osoyishtalikka qovushadi. Bundan tashqari barcha oyoq tirashlar va tahdidlar faqatgina nohaqlik va qonunsiz bo‘lish bilangina cheklanib qolmay, Armanistonni erkalatishni davom ettiradi. Yuz bergan oxirgi voqealar, mintaqadagi barcha davlatlarning muammoni to‘g‘ri va adolatli hal qilish yo‘llarini yo‘lga qo‘yish uchun imkon berdi. Bu imkondan eng a’lo darajada foydalaniladi degan umiddamiz.” deya gapirdi.     

Prezident Erdo‘g‘an, Minsk guruhi shu jumlardan Amerika, Rossiya va Fransiyaning 30 yildan beri muammoni hal qilolmaganini eslatib o‘tgan holda o‘z so‘zini quyidagicha tamomladi:

“Bir muammoni hal qilmaslik uchun qo‘lidan kelishicha harakat qilgandek. Endilikda aql berib, vaqti – vaqti bilan tahdid qilmoqda. Nima uchun tahdid qilmoqda? Turkiya bu yerdami? Turk askari bu yerdami? Bu savolni berganlar janubimizda ayniqsa Suriyaning shimolida, minglab yuk tashuvchi mashina orqali qurolni ana shu yerga tashiganlar. Buni aytganlar, Suriyaning shimolini bo‘lgan, ana shu yerda bazalar qurganlardir. Buni aytganlar, koalitsion kuchlari bilan Suriyada o‘yin o‘ynaganlardir. Endi kelib turk askarini so‘rayapdilar. Turkiya qurol yetkazib beryapdimi? Buni qarang – a? Huddi, Ilhom Aliyev qardoshimiz ularga hisob beradigandek. Aytmasak ham, qariyb 30 yildan beri sizga har doim hisob berdi. ‘Buni hal qilaylik, Buni uzatmaylik.’ dedi. Ishg‘ol ostidagi tuproqlar kimning tuprog‘i? Ozarbayjon tuproqlari. Buni hammangiz tan olyapsiz lekin Tog‘li Qorabog‘ni qabul qilmayapsiz. U yerdagi 1 milliondan ortiq inson o‘z tuprog‘idan uzoqda, hozirda Ozarbayjonda umr surmoqdalar. Ishg‘olchilar esa u yerda. Hech kim buning hisobini so‘ramayapdi. Endi hisob berish vaqti keldi degan Ozarbayjon, xohlasa ham xohlamasa ham o‘z muammosini o‘zi hal qilishga to‘g‘ri kelmoqda.”

 



Aloqador xabarlar