Erdo'g'an, Liviyada faqatgina Turkiya yordamida tinchlikning o’rnashi mumkinligini qayd etdi

Liviya masalasi ustidan Berlinda bo’lib o’tadigan sammit oldidan AQShning Politico gazetasida Prezident Erdo'g’anning maqolasi chop etildi.

1343066
Erdo'g'an, Liviyada faqatgina Turkiya yordamida tinchlikning o’rnashi mumkinligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Liviyada faqatgina Turkiya yordamida tinchlikning o’rnashi mumkinligini qayd etdi.  

Liviya masalasi ustidan Berlinda bo’lib o’tadigan sammit oldidan AQShning Politico gazetasida Prezident Erdo'g’anning maqolasi chop etildi.

Prezident Erdo'g’an mazkur maqolasida quyidagi ifodalarga o’rin berdi.

“Liviya qariyb 10 yildan beri qonli ichki urush girdobida. Lekin xalqaro hamjamiyat bugungacha o’z javobgarchiligini bajarmadi. Shiddatni to’xtatib tinchlik o’rnatmadi. Bugungi kun ana shu etiborsizlikning natijasidir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan Liviya hukumati bir necha yildan beri urush baroni Halifa Hafterning hujumi ostida. Mamlakatda to’ntarish uyushtirishga uringan Hafterning qurolli tashkiloti Misr, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi demokratiyaga qarshi davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.

Liviya inqirozi, haligacha mintaqada nima qilishi haqida qaror qabul qilishga uringan Yevropa qit’asida bo’linishga yo’l ochdi. Liviyaning rasmiy hukumatini qo’llab-quvvatlagan diplomatiyani himoya qilgan Germaniya, haftaning yakshanba kuni Berlinda tinchlik konferentsiyasidan biriga mezbonlik qiladi. Bunga qarshi Fransiya Liviyaning rasmiy hukumatiga qarshi to’ntarishchi Hafterning yonida o’rin olmoqda.

Eng avvalo shuni aytib o’tishim darkor. Agar Yevropa ittifoqi Liviya Milliy Birdamlik hukumatini qo’llab-quvvatlamagudek bo’lsa unda Yevropa o’z qadriyatlaridan biri hisoblangan demokratiya va inson huquqlariga hiyonat qilgan bo’ladi. Liviyani urush baronlarining insofiga tark etishlik, tarixiy xatoga yo’l qo’yishlik bilan barobardir desak mubolag’a bo’lmaydi. Bunga qo’shimcha sifatida aytmoqchimanki Liviyaning rasmiy hukumatining tarqatilishi, Yevropaning yangi muammolar va xavflarga duch kelishi deganidir. Buni unutmaslik kerak.

Suriya va Iroqda harbiy maydonda mag’lubiyatga uchragan DEASh va al-Qoida kabi terror tashkilotlari bu vaziyatda Liviyada samarali maydon topib, takror jonlanishi mumkin. Chunki Hafter qatorida Medhalilardek mazkur terror tashkilotining mafkurasini keng ko’lamli bo’lishgan guruhlarning borligi ma’lum. To’qnashuvlar davom etgudek bo’lsa unda zo’rovonlik va barqarorsizlikning Yevropaga qaratilgan noqonuiny muhojir migratsiyasiga yo’l ochisihini ham unutmaslik darkor.

Liviya ichki urushi Yevropa ittifoqi uchun lakmus qog’oziga o’xshaydi. Yevropalik liderlar qaysinisini himoya qiladi: yangi hujum oldida turgan liberal dunyo tartibinimi yoki Suriyada bo’lganidek javobgarchiliklaridan qochib, yuz bergan inqirozni tribunalardan tomosha qilishnimi?

Yevropalik do’st va ittifoqdoshlarimizning bundan buyon faqatgina arzlanib, tashvishda ekanliklari qayd etishlari dunyoni o’zgartirmasligini tushunib yetishi darkor. Xalqaro huquq, demokratiya va inson huquqlarini mexnat qilmay turib himoya qilolmaysiz.  

Tarix bizga diplomatiyadan yuz o’girib, xalqaro hamjamiyatni mukofatlantirishlarning faqatgina yana-da yirik muammolar yaratishini o’rgatmoqda. Lekin Liviyada yuz bergan oxirgi vaziyat, bazi yevropalik liderlarning bulardan haligacha saboq olmaganligini ko’rsatmoqda.  

Yevropa ittifoqi butun dunyoga xalqaro maydonda diqqatga sazovor aktyor ekanlgini ko’rsatishga majbur. Berlinda uyushtiriladigan tinchlik konferantsiyasi shuning uchun tashlangan shaxdam qadamdir. Shuningdek, yevropalik liderlarning yana-da kamroq gapirib, ko’proq konkret qadamlar tashlashini kutib qolamiz.   

Yevropaning Liviyaga harbiy jihatdan yordam berish masalasida unchalik istakli emasligini hisobga olgudek bo’lsak unda Liviyaning bu borada va’da bergan Turkiya bilan hamkorlik qilishi eng ravshan tanlovdir.

Turkiya sifatida Liviyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan, rasmiy hukumatini butunlay qo’llab-quvvatlaymiz. Biz qo’l qo’ygan oxirgi xavfsizlik va harbiy hamkorlik shartnomalari doirasida Liviya hukumatini to’ntarishchilardan himoya qilishni o’z zimmamizga oldik. Shuning uchun ham Liviyaning xavfsizlik kuchlariga ta’lim berib, ularning terrorizm, inson kontrabandasi va xalqaro xavfsizligini nishonga olgan jiddiy tahdidlarga qarshi kurashiga hissa qo’shamiz

Yevropa bugungi kunda bir chorrahada o’rin olgan. Bu tarixiy ostonada, tinchlik o’rnatishga urunganlar jasoratli, jur’atkor bo’lishi lozim. Zo’rovonlikni to’xtatish uchun qo’lidan kelganini qilishi kerak. Yevropa bu maqsadga erishishi uchun qadim do’sti va ittifoqi Turkiyaga ishonaversin”.

 



Aloqador xabarlar