Erdo‘g‘an: Raqamlashish yangi adolatsizlik, nohaqlik va yakkalashlarga yo‘l ochmasligi kerak

Prezident Erdo‘g‘an, “Pandemiyadan keyingi dunyoda xalqaro tartib va o‘zgargan dinamikalar” degan nom ostida bugun boshlagan va online tarzda uyushtirilgan “TRT World Forum 2020” da ishtirok etdi.

1537661
Erdo‘g‘an: Raqamlashish yangi adolatsizlik, nohaqlik va yakkalashlarga yo‘l ochmasligi kerak

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning qayd etishicha raqamlashish yangi adolatsizlik, nohaqlik va yakkalashlarga yo‘l ochmasligi kerak.

Prezident Erdo‘g‘an, “Pandemiyadan keyingi dunyoda xalqaro tartib va o‘zgargan dinamikalar” degan nom ostida bugun boshlagan va online tarzda uyushtirilgan “TRT World Forum 2020” da ishtirok etdi.

Hayotda har doim bo‘lganidek raqamlashishning ham inson hayotini qulaylashtirish uchun borligini eslatib o‘tgan Prezident,

“Lekin hech qanday tekshiruv ishlari yo‘q, o‘zboshimchalikka ochiq, huquqdan tashqari soha degan tushuncha bilan qabul qilinganida raqamlashish bizni fashizmga yetaklaydi. Buning uchun raqamlashish erkinlik sohasini kengaytirar ekan yangi adolatsizlik, yangi nohaqlik, yangi yakkalashlarga yo‘l ochmasligi lozim”. – deya gapirdi.

Yomonlik qilgan, jinoyatga qo‘l urganlar jazosiz qolgan tartibning nomi erkinlik bo‘lolmasligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Davlatning fuqarolarini himoya qilish uchun tashlagan yaxshi qadamlari, erkinliklarga aralashuv degan qavslar ichiga olinishiga urinilmoqda. Yaxshi niyatdagi say – harakatlarimiz ixtiyoriy ravishda qo‘llab – quvvatlanmasa unda Turkiya har qanday sharoitda fuqarosi huquqini himoya qilishni davom etadi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.   

Xalqaro medyaning Yevropadagi voqealar oldida uch maymun rolini o‘ynagani va Fransiyaning medya bilan bo‘lgan blokadasi oldida uni tanqid qilgan tusda hech nima demaganini yodga solgan Erdo‘g‘an,

“Ommaviy axborot vositalarining islom va chet elliklarga qarshi dushmanlikka yetakchilik qilishi, haqiqatdan uyatlidir. Matbuot erkinligi ortiga yashirinib namoyish etilgan qopol munosabatga kimdir monelik qilmasa unda buning ziyonini Yevropa bilan birga barcha insoniyat tortadi”. – dedi.  

Prezident Erdo‘g‘an, xalqaro ommaviy axborot vositasi birxillashgan bugungi kunimizda TRT Worldning nohaqliklarga qarshi adolatning ovoziga aylanganini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar