Erdo‘g‘an uch tomonli memorandumni “diplomatik g‘alaba” deb baholadi

Prezident Erdo‘g‘an, Ispaniya poytaxti Madridda uyushtirilgan NATO sammiti yakunida matbuot anjumani uyushtirdi.

1850443
Erdo‘g‘an uch tomonli memorandumni “diplomatik g‘alaba” deb baholadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:

“(Shvetsiya, Turkiya, Finlandiya uch tomonli memorandum) Bu memorandum Turkiya va xalqimiz uchun murakkab muzokara jarayonidan keyingi diplomatik g‘alabadir”.-dedi.

Erdo‘g‘an, Ispaniya poytaxti Madridda uyushtirilgan NATO sammiti yakunida matbuot anjumani uyushtirdi.

“Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATO tarkibiga kirish jarayonida yuz bergan voqealar, Turkiyaning terror masalasidagi qizil chiziqlarini o‘rtaga qo‘ydi”.-degan Prezident:

(Shvetsiya, Turkiya, Finlandiya uch tomonli memorandum) Bu memorandum Turkiya va xalqimiz uchun murakkab muzokara jarayonidan keyingi diplomatik g‘alabadir. Memorandumda qayd etilgan moddalarga amal qilinishini diqqat bilan kuzatib boramiz va shunga mos ravishda qadam tashlaymiz. Shvetsiyaning va’dasi shuki, 73 nafar terroristni Turkiyaga qaytaradi. Shvetsiya bilan Finlyandiya zimmasiga tushgan vazifani bajarishi lozim. Avvalo PKK, YPG, PYD, FETO… Bularning yo‘q qilinishi kerak. Ular bilan bog‘liq huquqiy ishlarini imkon qadar tezroq tamomlashlari zarur. Terroristlarni qaytarishga, qonunlarni o‘zgartirishga va’da beryapsiz… agar bular bajarilmasa… kechirasiz, bu va’da bajariladi”.-deya gapirdi.

Sammit doirasida ko‘plab hukumat rahbarlari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lganini ham ifoda etgan Prezident, unda asosan Ukrainadagi vaziyatni qo‘lga olganliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Prezident Erdo‘g‘an:

“(NATO) Ittifoqimiz Ukrainani to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Lekin buni tinchlik nuqtai nazari bilan namoyish etishimiz va gumanitar fojialarni imkon qadar tezroq to‘xtatishga urinishimiz kerak.”-dedi.

Erdo‘g‘an, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan (AQSh) F-16 sotib olinishi haqida esa shunday dedi:

“Janob (AQSh Prezidenti Jo) Baydenning bu boradagi samimiy sa’y-harakatlari jiddiy ravishda qo‘llab-quvvatlanadi. Men zudlik bilan Amerikaga hay’at yuboraman”.



Aloqador xabarlar