Faxrettin Ko‘ja Turkiyadagi 1 yillik emlash jarayonini baholadi

Faxrettin Ko‘ja, Covid-19 pandemiyasiga qarshi emlash jarayoni 1 yilda Turkiyani qanday nuqtaga olib kelganini ma'lum qildi.

1763701
Faxrettin Ko‘ja Turkiyadagi 1 yillik emlash jarayonini baholadi

Sog‘likni saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi kurashda 1 yilda 138 million dozadan ortiq vaksina qabul qilinganini bildirdi.

Ko‘ja ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali Turkiyada Covid-19 pandemiyasiga qarshi emlash jarayonining bundan 1 yil muqaddam, bepul va keng ko‘lamli boshlatilganini yodga solgan holda:

“1 yilda 138 million dozadan ortiq vaktsina qabul qilindi. Bu vaqt ichida oʻzimizning TURKOVAC vaksinamizni ham ishlab chiqardik. Keng ko‘lamli boshlatilgan emlash jarayoni bizni 1 yilda ancha oddiy hayot sharoitiga yaqinlashtirdi. Kam qayd etilgan vaksinalarimizni eng qisqa vaqtda, qatʼiyat bilan qabul qilaylik”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar