Ibrahim Eren: Ovozi chiqmaganlarning ovozi bo‘lishlik, TRTning prinsipidir

Ibrahim Eren bu yil “Pandemiyadan keyingi dunyoda xalqaro tartib va o‘zgargan dinamikalar” degan nom ostida uyushtirilgan “TRT World Forum”ning ochilish marosimida nutq so‘zladi.

1537722
Ibrahim Eren: Ovozi chiqmaganlarning ovozi bo‘lishlik, TRTning prinsipidir

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) Bosh direktori Ibrahim Eren, “TRT World Forum” orqali ovozi pastlarning ovozi bo‘lganliklarini ma’lum qildi.

Ibrahim Eren bu yil “Pandemiyadan keyingi dunyoda xalqaro tartib va o‘zgargan dinamikalar” degan nom ostida 1 – 2 dekabr kunlari to‘rtinchisi yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiya yuzasidan online tarzda uyushtirilgan “TRT World Forum”ning ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Erenning ta’kidlashicha forumdan maqsad qaror qabul qiluvchilar, fikr yetakchilari, siyosatchilar va nodavlat - notijorat jamiyat a’zolari uchun bugungi kunning eng dolzarb masalalarini turli ko‘z qarashlar atrofida har jihatdan qo‘lga olinishini ta’minlovchi haqiqiy global platformaga aylanishdir.  

“TRT World Forum” ilk uyushtirilgan kundan beri “global jamiyat a’zolari sifatida bitta kemada ekanliklarini” ta’kidlash uchun katta mehnat qilganliklarini eslatib o‘tgan Eren,

“Shu bilan birga ba’zi ovozlarning, boshqalarga qaraganda yana da qulay va ko‘proq eshitilganini ifoda etdik. Shu bois barcha masalalarda uzoq yillardan beri ko‘rmaslikka olingan va quloq solinmaganni eshittirish uchun ko‘p harakat qildik. Ovozi pastlarning ovozi bo‘ldik”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Eren, TRTning xalqaro ta’siri ostidagi asosiy falsafaning huddi shu ekaniga e’tibor qaratgan holda,

“Ovozi chiqmaganlarning ovozi bo‘lishlik, bir qadriyat sifatida TRTning prinsipidir. TRT World Forumni huddi shu asosda uyushtirdik”. – deya gapirdi.

Eren, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bosh bo‘lish bilan birga forumga hissa qo‘shgan hammaga minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #TRT , #Ibrahim Eren , #TRT World Forum

Aloqador xabarlar