Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu Marokkoda

Turkiya Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu Marokkoda o’zaro uchrashuvlar o’tkazdi

1104206
Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu Marokkoda

Ichki ishlar vaziri Suleyman So’ylu Xorvatiya Ichki ishlar vaziri Davor Bozinovich, Yevropa ittifoqining Immigratsiya, ichki ishlar va fuqarolik masalalari bo’yicha komissari Dimitris Avramopulos va Yunon Migratsiya siyosati vaziri Dimitris Vitsas bilan uchrashdi.

Suleyman So’ylu Marokkoning Marakkesh shahrida Bab Ighli konferentsiya markazida uyushtirilgan, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Konventsiyasini qabul qilish bo'yicha o’tkazilgan hukumatlararo konferentsiyasi”dagi nutqi ortidan o’zaro uchrashuv bosqichiga o’tdi.  

So’ylu mazkur bosqichda Bozinovich, Avramopulos va Vitsas bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv chog’ida Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Ismail Chatakli, Migratsiya idorasi direktori Abdullah Ayaz, Tashqi ishlar vazirligi Konsullik ishlari direktori Mehmet Samsar, Turkiyaning Rabat elchisi Ahmet Aydin Dog’an ham ishtirok etdi.  

 



Aloqador xabarlar