Kalin bilan O’brien, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan hujumlarini qo‘lga oldi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert C. O’brien bilan telefon orqali muloqat qildi.

1499956
Kalin bilan O’brien, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan hujumlarini qo‘lga oldi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert C. O’brien bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra unda o‘zaro munosabatlar, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan hujumlari, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat va mintaqaviy masalalar qo‘lga olingan.

Muloqatda shuningdek, Turkiyaning Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab – quvvatlashni davom etishi, mintaqaviy tinchlik va barqarorlik uchun Armanistonning Yuqori Qorabog‘ va atrofida bosib olgan tuproqlarni tark etishining muhimligi qayd etilgan.

Armanistonning Ozarbayjonga qarshi uyushtirgan hujumlarini to‘xtatishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi bilan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qarorlari doirasida qadam tashlanishi kerakligi ifoda etilgan muloqatda, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida esa AQShning muvozanatli va tarafsiz bo‘lishi kutilgani bildirilgan.

Turkiyaning konstruktiv munosabati soyasida amalga oshgan uchrashuv va hamkorlik jarayonining javobsiz qo‘lmasligi va qo‘llab – quvvatlanishining mintaqaviy tinchlikka hissa qo‘shishi ta’kidlangan muloqatda, Turkiya va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlantirilishining ahamiyati ham ifoda etilgan.



Aloqador xabarlar