Koronavirus tufayli chet elda 98 nafar turk fuqarosi vafot etdi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli chet elda 98 nafar turk fuqarosi vafot etdi.

1388815
Koronavirus tufayli chet elda 98 nafar turk fuqarosi vafot etdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli chet elda 98 nafar turk fuqarosining vafot etganini ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, TRT Haber telekanalining jonli efir orqali olib borilgan dasturiga telefon orqali bog‘lanib bu haqida,

“Afsuski chet elda koronavirus tufayli 98 fuqaromiz vafot etdi. Boshimiz omon bo‘lsin” deya gapirdi.

Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 20 mingdan ortiq turk fuqarosining mamlakatga qaytishini ta‘minlaganliklarini eslatib o‘tgan Chavusho‘g‘lu,

“Chet elda qariyb 10 ming turk fuqarosi bor. Albatta karantina shartlarini ham nazarda tutgan holda fuqarolarimizni olib kelishni davom ettiramiz. Olib kelolmaganlarimizga esa yordam berish ishlari davom etadi” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar