Mahalliy Covid-19 vaksinasi “TURKOVAC” deb nomlandi

Mahalliy Covid-19 vaksinasining uchinchi faza faoliyatlari doirasida ixtiyoriylar bilan olib borilgan emlash dasturi, Prezident Erdo‘g‘an ishtirokida Anqara shahar kasalxonasida boshladi.

1663026
Mahalliy Covid-19 vaksinasi “TURKOVAC” deb nomlandi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an mahalliy yangi turdagi koronavirus (Covid-19) vaksinasi nomining “TURKOVAC” ekanini ma’lum qildi.

Mahalliy Covid-19 vaksinasining uchinchi faza faoliyatlari doirasida ixtiyoriylar bilan olib borilgan emlash dasturi, Prezident Erdo‘g‘anning onlayn tarzdagi ishtirokida Anqara shahar kasalxonasida boshladi.

Prezident Erdo‘g‘an mavzu  haqida bergan bayonotida:

“Yurtimizni pandemiyadan jadal ravishda qutqarish uchun o‘z vaksinamizni ishlab chiqarishimiz muhim. Uchinchi fazasining ilk sinovi amalga oshirilar ekan Turkiya bundan buyon bu xususda yangi davrning darvozalarini ochish arafasida. Bir necha hafta ichida yurtimizdagi 18 yoshdan kichik aholining hammasini emlay boshlaymiz” - dedi.

Prezident, Covid-19 mahalliy vaksinasining “TURKOVAC” deb nomlanganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar