Mevlut Chavusho‘g‘lu: “Dunyo beshdan kattadir deyishni davom etamiz.”

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, BMTning Xavfsizlik Kengashi islohotiga bag‘ishlangan “Konsensus bo‘yicha Ittifoq guruhi” yig‘ilishida ishtirok etdi.

1499215
Mevlut Chavusho‘g‘lu: “Dunyo beshdan kattadir deyishni davom etamiz.”

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Dunyo beshdan kattadir” deyishni davom etishlarini qayd etdi.

Mevlud Chavusho‘g‘lu, videokonferensiya orqali Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi (BMTXK) islohotiga bag‘ishlangan “Konsensus bo‘yicha Ittifoq guruhi” yig‘ilishida ishtirok etdi.

Chavusho‘g‘lu bu haqida Twitter hisobi orqali qoldirgan postida,

“BMTXK islohotiga bag‘ishlangan ‘Konsensus bo‘yicha Ittifoq guruhi’ yig‘ilishida ishtirok etdik. Biz yana - da demokratik, hisobot bera oladigan, shaffof va samarali BMT Xavfsizlik Kengashini istaymiz. Shunday ekan, ‘Dunyo beshdan kattadir’ deyishni davom ettiramiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar