Prezident Erdo’g’an, “10 Dekabr Inson Huquqlari Kuni”  munosabati bilan bir yozma bayonot tarqatdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an, irqchi odamga adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining berilishi inson huquqlarining buzilishi uchun mukofot berishdan boshqa  bir narsani anglatmaydi deb aytdi.

1320892

Erdog'an o'z murojaatida Islomga nafrat global tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi asosiy muammolardan biri ekanligini ta'kidladi.

Bu muammoning eng katta aybdorlari Islomga qarshi nafratni ovoz berish vositasi sifatida ishlatadigan siyosatchilardir , so'z erkinligi nomi bilan nafrat nutqini normallashtiruvchi ommaviy axborot vositalari va mavjud tuzilmalar bilan bugungi muammolarni hal qila olmaydigan xalqaro tashkilotlardir " deya qayd etdi.

9 yil davomida Suriyadagi millionlab odamlarining faryodlariga  e'tiborsiz qolgan  xalqaro hamjamiyat, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qadriyatlariga eng katta zarbadir dedi.

Erdo’g'an adabiyot uchun Nobel mukofotini irqchi bir  shaxsga (avstriyalik yozuvchi Piter Xandke). berilishiga  reaksiya ko’rsatdi.

“10 dekabr, Inson huquqlari kuni, Bosniya va Gersegovinada genotsidni inkor etgan va urush jinoyatchilarini himoya qilgan irqchi shaxsga Adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining berilishi inson huquqlarining buzilishini taqdirlashdan boshqa bir ma'noga ega emas” dedi.

Erdo’g'an  bayonotida, Turkiya insonga e’tibor bergan davlat an’anasidan olgan ilhom bilan  demokratiya va asosiy erkinliklar sohasidagi islohot irodasini bugunki kunda ham davom ettirishini qayd etdi.

Aloqador xabarlar