Prezident Erdo‘g‘an bilan Jens Stoltenberg, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasini qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqat qildi.

1496576
Prezident Erdo‘g‘an bilan Jens Stoltenberg, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasini qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra unda Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat bilan Turkiya – NATO munosabatlari qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha ushbu muloqat chog‘ida Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasidagi muammoni hal qilishda muloqat yo‘li tarafdori ekanligini faqatgina so‘zda emas, sa’y – harakatlarida ham aniq ravishda ko‘rsatganini ifoda etgan.

Gretsiyaning taranglikni avj oldirish harakatlariga qaramay Turkiyaning aql bilan ish tutishdan aslo voz kechmaganini ta’kidlagan Prezident Erdo‘g‘an, yetib kelingan nuqtada e’lon qilingan muammoni hal qilish yo‘llarini izlovchi muzokaralar yo‘nalishining, Gretsiyaning muhitni yumshatish uchun tashlaydigan samimiy qadamlariga bog‘liq ekanini qayd etgan.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenbergning Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida o‘rtaga tashlangan konstruktiv sa’y – harakatidan minnatdor ekanini belgilab o‘tgan Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida NATOdagi tahlil jarayonini ilk daqiqalardan e’tiboran qo‘llab – quvvatlagani va to‘g‘ri yo‘l topilishi tarafdori ekanini bildirgan. 



Aloqador xabarlar