Prezident Erdo‘g‘an bilan Jo Bayden uchrashdi

Prezident Erdo‘g‘an NATO Sammiti doirasida Jo Bayden bilan uchrashdi.

1850144
Prezident Erdo‘g‘an bilan Jo Bayden uchrashdi

Prezident Erdo‘g‘an, “NATOning mustahkamlanishi uchun tashlanadigan qadamlar, ayniqsa, Rossiya-Ukraina (tinchlik) jarayoniga alohida hissa qo‘shadi”.-dedi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Ispaniya poytaxti Madridda NATO Davlat va Hukumat rahbarlari sammiti doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashdi.

Erdo‘g‘an uchrashuv oldidan bergan bayonotida, uzoq vaqtdan keyin Bayden bilan takror uchrashuv o‘tkazishidan mamnunligini bildirdi.

NATO Sammitini kun tartibi nuqtai nazaridan juda mazmunli deb baholagan Erdo‘g‘an:

“Sammitda ertaga ham davom etuvchi faoliyatlarimiz orqali o‘z yurtlarimizga samarali natijalar bilan qaytishimizga ishonchim komil. Sizning bu borada, ayniqsa AQSh sifatida munosabatingiz, NATOning mustahkamlanishi uchun tashlanadigan qadamlar, eng avvalo Rossiya-Ukraina (tinchlik) jarayoniga alohida hissa qo‘shadi”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi tufayli oxirgi paytlarda g‘alla va yoqilg‘i masalasida salbiy o‘zgarishlar yuz berganiga diqqat qaratgan holda:

“Biz jarayonni muvozanat siyosati orqali boshqarishga harakat qilyapmiz. Umid qilamizki, bu muvozanat siyosati yordamida natijaga erishamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar