Prezident Erdo’g’an, eng katta orzuimiz bolalar va yoshlarga porloq bir kelajak tayyorlash...
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an,eng katta orzuimiz bolalar va yoshlarga porloq bir kelajak tayyorlash ekanini aytdi
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an,eng katta orzuimiz bolalar va yoshlarga porloq bir kelajak tayyorlash ekanini aytdi.
Prezidentlik kommunikatsiya rahbariyatidan berilgan bayonotda, Prezident Erdo’g’an, 23- aprel milliy hokimiyat va bolalar bayrami munosabati bilan bir yozma bayonot tarqadi.
Turkiya oliy millat majlis 99- yilligi munosabati bilan Turkiya va dunyo barcha bolalarining milliy hokimiyat va bolalar bayramini tabriklagan Erdo’g’an, bergan bayonotida,
“Milliy hokimiyatning asoslari qo’yilar ekan, aziz millatimiz har yoshdagi shaxs bilan zafarga va respublikaning tashkil etilishiga borgan yo’lda birlik va birdamlik bilan kurashganlar. “ hokimiyat shartsiz millatning” degan shoiri bilan istiqlol va istiqbol uchun kurashni davom ettirib kelajagini belgilagan millatimiz uchun parlamentning tashkil etilishi, vatan va bayroq sevgisi, birlik va birdamlik va birodarlikning tumsali, ekinlikning kafolati bo’lgandir.” deb qayd etildi.
Prezident Erdo’g’an, shunday deb davom etdi:
“1920- yili 23- aprelda milliy irodani har turli kuchning ustida ko’rgan millatimiz uchun, milliy irodaning tashqarisida va ustida hech bir kuchning hech bir metod va vasiylikni tan olmaslikni va to’liq mustaqillik uchun ildamlashning e’loni deb qaydi etdi.Ozodlik urushida qahramonlik dostoni yozgan aziz millatimiz, respublikaning tashkil topishining ortidan har sohada tez rivojlanishni o’ziga asos qilib olgan. Turkiya bugun, dunyoning hurmatga sazovor va o’rnak o’lkalardan biri vaziyatiga kelgan.
Bizlar istiqbolimizning kafolati bo’lgan bolalarimizga yana katta, yana ham kuchli, yana boy barqaror bir Turkiyada yashashlari uchun millatimizdan olgan kuch bilan faoliyatlarimizni davom ettirmoqdamiz. Dunyo bolalari bilan birgalikda nishonlagan 23- aprel Bolalar bayrami,
Millatimiz bolalarga bergan e’tiborning yaqqol o’rnagidir. Millat sifatida, bolalarimizni dunyodagi eng qiymatli borlik sifatida ko’ramiz, ularni e’zozlaymiz. Eng katta orzuimiz, bolalarimizga va yoshlarimizga yana oydin bir kelajakka tayyorlash”,- dedi u.
“ İstiqlol harbimizning bosh qo’mondoni Turkiya oliy millat majlisining dastlabki Raisi Respublikamizning asoschisi G’ozi Mustofa Kemol bilan barcha shahid va g‘oziylarimizni rahmat, minnatdorchilik bilan yodga olamiz. Butun bolalarning maxsus bayramini chin yurakdan tabriklayman” deb qayd etdi.