Prezident Erdoʻgʻan Fransiya Prezidenti Makron bilan uchrashdi

Prezident Erdoʻgʻan NATO sammiti doirasida Ispaniya poytaxti Madridda.

1849781
Prezident Erdoʻgʻan Fransiya Prezidenti Makron bilan uchrashdi

NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammiti munosabati bilan hozirda Ispaniya poytaxti Madridda boʻlgan Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, sammit doirasida oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Prezident Erdoʻgʻan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Yevropa Kengashi raisi Charlz Mishel va Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar matbuotga yopiq tarzda boʻlib oʻtdi.  

Erdoʻgʻanning shuningdek Avstriya kansleri Karl Nehammer, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches, Germaniya kansleri Olaf Scholz, Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte bilan ham uchrashuv oʻtkazishi va Turkiya vaqti bilan soat 18:45 da Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda.



Aloqador xabarlar