Prezident Erdo‘g‘an G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda uyushtirilgan iftor dasturlaridan birida nutq so‘zladi.

2119477
Prezident Erdo‘g‘an G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroil tomonidan G‘azoda qatliom qilinayotganiga e’tibor qaratib, mazkur voqeani “Ikkinchi Jahon urushidagidan ham shafqatsizroq”, - deb baholadi.

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda uyushtirilgan iftor dasturlaridan birida nutq so‘zladi.

Erdo‘g‘an unda Suriya, Iroq, Sudan va G‘azodagi oxirgi vaziyatlar muborak Ramazon kunlari quvonchini munosib tarzda idrok etilishiga monelik qilganini qayd etdi.

Insoniylikdan nasibini olmagan terror davlati Isroilning 7 - oktabrdan beri g‘azoliklarni bolalar, ayollar, qariyalar va tinch aholi demay ochiq – oydin qatl etayotganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Isroil G‘azoda Ikkinchi Jahon urushidagidan ham shafqatsizroq qatliomga qo‘l qilmoqda. Hatto urushda ham tegilmasligi kerak bo‘lgan kasalxonalar bilan tibbiy xodimlar, ibodat joylari ishg‘olchi kuchlar tomonidan alohida nishonga olinganiga guvoh bo‘lyapmiz. Xalqaro muassasa va tashkilotlar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroil boshqaruvining bu vahshiyligini yengil yelpi reaksiyalardan tashqari faqatgina kuzatmoqda. Turkiya va bir necha davlatdan tashqari Isroil va uning g‘arblik tarafdorlariga qarshi ovozini baland ko‘targanlar deyarli yo‘q”, - deya gapirdi.

Turkiya sifatida mintaqadagi do‘stlari bilan hamkorlikda g‘azolik begunoh insonlarga yordam berishga, sal bo‘lsa ham dardlariga darmon bo‘lishga harakat qilganliklariga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an:

“Payg‘ambarimiz hadislari asosida qo‘limiz, tilimiz va qalbimiz bilan zulmga qarshilik ko‘rsatib, g‘azolik birodarlarimizni qo‘llab – quvvatlamoqdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #qatliom , #Isroil

Aloqador xabarlar