Prezident Erdo‘g‘an Quvayt Amiri Saboh al – Ahmad uchun ta’ziya izhor etdi

Kecha Quvayt Amiri Saboh al – Ahmad al – Jobir as – Saboh 91 yoshida vafot etdi.

1499749
Prezident Erdo‘g‘an Quvayt Amiri Saboh al – Ahmad uchun ta’ziya izhor etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an vafot etgan Quvayt Amiri Saboh al – Ahmad al – Jobir as – Saboh uchun ta’ziya izhor etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Twitter hisobi orqali mavzu haqida arab va turk tilida qoldirgan postida,

“Vafoti chuqur qayg‘uga solgan Quvayt Amiri Saboh al – Ahmad al – Jobir as – Sabohga Olloxdan rahmat, turk millati nomidan do‘st va qardosh Quvayt xalqiga ta’ziya izhor etaman.” dedi.

Quvayt Amiri as – Sabohning vafot etishi ortidan Qatar, Misr, Iordaniya, Falastin, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahraynda “motam” deb e’lon qilindi.

Valiahd shahzoda Navof al – Ahmad al – Jobir as – Saboh Quvaytning yangi amiri bo‘ldi.



Aloqador xabarlar