Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi siyosatiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi siyosatiga e’tibor qaratdi. Bu haqida Twitterda post qoldirdi.

1499328
Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi siyosatiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Twitter hisobi orqali “Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi siyosati” degan sarlavha bilan post qoldirib unga, tasvir ham ilova etdi

Prezident Erdo‘g‘an ushbu postida, Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi siyosatining ikki asosga tayanganini eslatib o‘tgan holda, “Dengizdagi suveren huquq sohalarining xalqaro huquq talabiga muvofiq, adolatli ravishda cheklanib, kontinental shelfimizdagi haqqimizning himoya qilinishi; Kipr turklarining orolning teng sherigi sifatida uglevodorod zaxiralari ustidagi haq va manfaatlarining kafolatga olinishi.” degan so‘zlarga o‘rin berdi.     

Prezident Erdo‘g‘an Twitterdagi postida shuningdek, “Hechkimning haqqiga ko‘z tikmaganimizdek, haqqimizni hechkimga ham yedirmaymiz. Sharqiy O‘rta yer dengizidagi tahdid, bosim va shantaj tiliga bosh egmaymiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar