Prezident Erdo‘g‘an Ursula von der Leyen bilan Turkiya – YI munosabatlarini qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an Ursula von der Leyen bilan Turkiya – YI munosabatlari va va mintaqaviy masalalarni qo‘lga oldi.

1496215
Prezident Erdo‘g‘an Ursula von der Leyen bilan Turkiya – YI munosabatlarini qo‘lga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Yevropa ittifoqi Komissiyasi raisi Ursula von der Leyen bilan videomuloqat orqali uchrashdi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Turkiya – YI munosabatlari va mintaqaviy masalalar qo‘lga olingan uchrashuv roppa – rosa 40 daqiqa davom etgan.

Prezident Erdo‘g‘an uchrashuvda Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasining tamalida Gretsiya va Kiprning grek qismining maksimalist iddiolari bilan Turkiya va Kipr turklari haqqining hisobga olinmaslik borasidagi istaklari borligiga e’tibor qaratgan.

Muammolarni ilk kundan beri muloqat yo‘li orqali hal qilish tarafdori bo‘lgan Turkiyaning, Gretsiya bilan buning yo‘llarini izlab topish uchun uchrashuvga tayyor ekanligini yetkazgan Prezident Erdo‘g‘an, diplomatik yo‘llarga berilgan imkonning, Gretsiya tomonidan avvalgidek isrof qilinmasligini tilagan.

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya – YI o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan 18 – mart kungi (muhojir) kelishuvning yangilanishi, Bojxona ittifoqining yangilanishi va (Turk fuqarolariga) vizasiz rejim yo‘lga qo‘yilishi uchun tashlanadigan qadamlarning, munosabatlarning mustahkamlanishida sog‘lom zamin yaratishini ifoda etgan.

Muhojirlar masalasida muammo va javobgarchilikni adolatli ravishda bo‘lishish fikrini takrorlagan Prezident Erdo‘g‘an, YIning Gretsiya bilan Yevropa chegara va soxil xavfsizlik agentligining (Frontex) (muhojirlari) qaytarib yuborish harakatlariga monelik qilinishi kerakligini qayd etgan.

 



Aloqador xabarlar