Prezidentning kommunikatsiyalar direktori Fahrettin Altun NATO sammitini baholadi

Fahrettin Altun, ijtimoiy media hisobidan kecha va bir kun oldin Ispaniyaning poytaxti Madridda o'tkazilgan NATO sammitini muhokama qildi

1850099
Prezidentning kommunikatsiyalar direktori Fahrettin Altun NATO sammitini baholadi

 

Prezidentning kommunikatsiyalar direktori Fahrettin Altun,

Prezident Rejep Tayyip Erdog’anning Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo, Shvetsiya Bosh vaziri Magdelena Andersson va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan o’tkazgan sammitida terrorizm bilan bog’liq xavotirlarimiz bo’yicha aniq  va muhim natijalarga erishildi” dedi.

Fahrettin Altun, ijtimoiy media hisobidan kecha va bir kun oldin Ispaniyaning poytaxti Madridda o'tkazilgan NATO sammitini muhokama qildi

Yig'ilishda bo'lginchi terror tashkiloti PKK va uning bo'linmalariga qarshi hamkorlik qabul qilinganini qayd etgan Altun,

"Erdog'an tomonidan Niinistyo, Andersson va Stoltenberg bilan bo'lib o'tgan sammitda, terrorizm bilan bog'liq tashvishlarimiz bo'yicha aniq va muhim natijalarga erishildi. Barcha tomonlar terror tashkiloti PKK va uning bo'linmalariga qarshi to'liq hamkorlikni qabul qildi". Deya bildirdi.

Shvetsiya va Finlyandiyaning har qanday terrorga qarshi Turkiyaning yonida bo'lishga qaror qilganliklarini, PYD/YPG va FETOni qo'llab-quvvatlamaslikka va'da berganliklarini ifoda etgan Altun, so'zini quyidagicha davom ettirdi:

"Shu bilan birga, ular mudofaa sanoatimizga cheklov yoki sanktsiyalar kiritmaslikka va bu sohadagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar. Shuningdek, ular siyosiy harakatlar sifatida niqoblangan terrorchilik faoliyati bilan bog'liq xavotirlarimizni bartaraf etish uchun terrorizmga qarshi qonunlarni qayta ko'rib chiqish majburiyatini oldilar.

Biz terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi razvedka ma'lumotlarini almashish va hamkorlik mexanizmini yaratishga kelishib oldik. Shu bilan birga, terrorizmda aybdor deb topilgan shaxslarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha aniq qadamlar qo‘yish va ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirishga kelishib oldik.

Shvetsiya va Finlyandiya PKK va uning bo'linmalari va front tashkilotlarini moliyalashtirish va yollash faoliyatini taqiqlashga kelishib oldi. Turkiyaga qarshi terror tashviqotining oldini olishga ham kelishib oldilar.

Biz Finlyandiya va Shvetsiyaning Yevropa Ittifoqi tuzilmaviy doimiy hamkorlik kelishuviga (PESCO) qo‘shilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldik. Biz mamlakatlarimizdagi adliya, razvedka va xavfsizlik idoralari ishtirokida ushbu qadamlarning bajarilishi bilan shug'ullanadigan va tekshiradigan Doimiy qo'shma mexanizmni o'zaro o'rnatamiz."

Ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun Finlyandiya va Shvetsiya rasmiylari bilan yaqin hamkorlik qilishlarini ifoda etgan Fahrettin Altun:

"Biz ularning tashvishlarimizni hal qilish borasidagi konstruktiv yondashuvidan mamnunmiz. Biz terrorizmga qarshi NATOda yanada birdamlikni ta'minlashga harakat qilamiz. Turkiya umumiy xavfsizlik masalalari, jumladan, terrorizm bo'yicha Ittifoqimizda birdamlikni qo'llab-quvvatladi. Bu na Ittifoqda  nifoq keltirib chiqarmaydi, na ittifoqda tarqalishga sabab bo’ladi . Biz har doim kuchliroq NATOni himoya qilganmiz va bundan keyin ham himoya qilamiz”.



Aloqador xabarlar