Sanksiya tahdidlari va qoralashlar Turkiyani terrorizmga qarshi kurashdan voz kechtirolmaydi

Ibrahim Kalin vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan bergan bayonotida Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Firot daryosining sharqida boshlatilgan Tinchlik bulog’i amaliyotining bir vaqtning o’zida bir necha o’yinni buzganligini qayd etdi.

1289601
Sanksiya tahdidlari va qoralashlar Turkiyani terrorizmga qarshi kurashdan voz kechtirolmaydi

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati Bosh kotibi Ibrahim Kalin sanksiya tahdidlari va qoralashlarning Turkiyani terrorizmga qarshi kurashdagi to’g’ri yo’lidan voz kechtirmasligini ma’lum qildi.

Ibrahim Kalin vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan bergan bayonotida Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Firot daryosining sharqida boshlatilgan Tinchlik bulog’i amaliyotining bir vaqtning o’zida bir necha o’yinni buzganligini qayd etdi.

Ortidan esa Tinchlik bulog’i amaliyotini yomonlashga urunganlarning, Suriyadagi malaylari mag’lubiyatga uchrayotgani uchun asabiy va kulguli holga tushganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Turkiyaning Suriyadagi kurd birodarlari bilan terror tashkilotini bir tutmaganligini ta’kidlagan Kalin, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashni ham aslo oqsotmasligini ma’lum qildi.  

DEAShga qarshi kurashning faqatgina Turkiyaning javobgarchiligi emasligini ham belgilab o’tgan Kalin,

“Turkiyani Tinchlik bulog’i amaliyoti borasida tanqid qilganlardan DEASh a’zolarini kimlarning va nima uchun tark etganligini so’rash eng tabiiy haqqimizdir” dedi.

Amaliyotning ko’zlangan maqsadga erishgunga qadar to’xtamay davom etishini eslatib o’tgan Ibrahim Kalin,

“Maqsadimiz chegaramizni terrordan qutqarishdir” deya gapirdi.

Suriyaning demografik tuzilishini na Turkiya na Tinchlik bulog’i amaliyoti buzganligini ta’kidlagan Kalin, buning YPG/ PYD terror tashkilotining ishi ekanligini qayd etdi.   

Kalin, Turkiyaning Bashar al-Asar rejimi bilan rasmiy uchrashuvi yoki aloqasi yo’qligini ham so’zlariga ilova etdi.  

 

 

 



Aloqador xabarlar