Tarixni siyosiy maqsadlar uchun  foydalanganlar haqiqat bilan duch kelishni istamagan qo'rqoqlardir.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu AQSh Senatining 1915 yilgi Arman  voqealarini "genotsid" deb tan olgan qonun loyihasining  qabul qilinishiga keskin reaksiya ko’rsatdi.

1322636
Tarixni siyosiy maqsadlar uchun  foydalanganlar haqiqat bilan duch kelishni istamagan qo'rqoqlardir.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu AQSh Senatining 1915 yilgi Arman  voqealarini "genotsid" deb tan olgan qonun loyihasining  qabul qilinishiga keskin reaksiya ko’rsatdi.

Chavusho’g’lu,

“Tarixni siyosiy maqsadlar uchun  foydalanganlar haqiqat bilan  duch kelishni istamagan  qo'rqoqlardir” deb qayd etdi.
Chavusho’g'lu ijtimoiy tarmoq  twitter orqali

“AQSh Senatining qarori siyosiy bir namoyishdir. Bu qonuniy  bir kuchga ega emas va amaliy jihati yo’q. Tarixni siyosiy maqsadlar uchun  foydalanganlar  haqiqat bilan duch kelishni istamagan  qo'rqoqlardir.  

Energiya va tabiiy manbalar  Vaziri Fatih So’nmez  ushbu  qarorni qoraladi.
So’nmez,

Umid qilamanki, ular bu xatolardan qaytadilar va umid qilamanki, biz NATO va boshqa xalqaro maydonlarda yillar davomida aloqalar o'rnatganmiz va  Inshoolloh mamlakatlarimizning  munosabatlari  o’z iziga tushar” dedi.  

 Prezident huzuridagi kommunikatsiya boshqarmasi  Rahbari Fahrettin Altun AQSh Senatiga  reaksiya ko’rsatdi.

Altun, Tvitter orqali bergan bayonotida

"Qabul qilingan Arman qonun loyihasi  ikki tomonlama munosabatlarimizning kelajagiga xavf tug'diradi. Sanksiyalar va tahdidlar milliy xavfsizlik manfaatlarimizning ustuvor yo’nalishiga putur  yetkaza olmaydi" deya qayd etdi.

Prezident  matbuot Kotibi Ibrohim Kalin,

 Biz AQSh Senatining qarorini keskin qoralaymiz va rad etamiz. Bu qaror Turkiyaning haq va qarorli  pozitsiyaga  ta'sir  tashlamaydi” deb qayd etdi

Adolat va taraqqiyot partiyasi AKP raisi o'rinbosari Mahir Unal,

"Senatda qabul qilingan ushbu qarorni qoralaymiz va uni yo'q deb hisoblaymiz",- dedi u.

Ushbu qonun loyihasini  Adolat va taraqqiyot partiyasi bilan bir qatorda  Jumhuriyat Xalq Partiyasi (CHP), Millatchi Harakat Partiyasi (MHP) va Yaxshi partiya  guruh raislari  tomonidan qoralandi.

Kecha Amerika Senati tomonidan senator Bob Menendes, Nyu-Jersi Demokratik Demokratik partiyasi va Texas shtatining senatori Ted Cruz tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasi kecha  ma'qullandi.

Qaror loyihasi qonuniy majburiyatlarga ega emas.



 


Tanlangan kalimalar: #Norozilik , #Qonun Loyihasi , #Voqealar , #Arman , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar